#internet #security
🛡 Brauzerdagi xavfsizlik va maxfiylik
Internetda viruslar, fishing sahifalari va boshqa xavf-xatarlarni yetarlicha uchratish mumkin. Baxtimizga, hozirda o‘zini hurmat qiluvchi har qanday brauzer – potensial xavfli saytga murojaat etganimizda, bizga ogohlantirish xabarini yuboradi. Ammo buning o‘zi yetarli emas. Onlayn tahdidlar haqida kamroq tashvishlanishga ko‘mak beruvchi bir juft vosita mavjud.
Web of Trust — ishonchli saytlarni yashil belgi va ishonchsizlarini – qizil belgi bilan belgilaydigan mashhur kengaytma. U tashrif buyurilgan sahifalar haqida foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida ishlaydi. Chrome, Firefox va Opera brauzerlari uchun mavjud.
Maxfiyligingiz haqida qayg‘urish uchun mo‘ljallangan yana bir kengaytma — bu Ghostery. U qidiruv tizimi va veb-saytlardagi kuzatuvni bloklaydi, bu esa sizning maqsadli reklamalar bilan jig‘ingizga tegmasliklarini kafolatlaydi. Chrome, Firefox va Opera brauzerlari uchun mavjud.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7272
3.22K