#mulohaza_uchun #internet
Shimoliy Koreya rasmiylari G‘arb jurnalistlariga shimoliy koreyaliklar internetdan erkin foydalanishlari mumkinligini ko‘rsatishga qaror qilishdi, biroq nimadir noto‘g‘ri ketdi.
Video lavhada yozilayotgan xabarlar:
“So‘ngra bizga talabalar internetdan foydalanadigan kompyuter xonasini ko‘rsatishdi. Barchasi o‘z o‘rnida degan taassurotni uyg‘otadi. Bu har qanday universitetdagi oddiy kompyuter xonasidek ko‘rinishda. Biroq keyin u yerdagi mutlaq sukunat e’tiborimizni tortdi. Hech kim hech narsa qilmayotgan edi. Hech kim matn kiritmayotgandi, sichqoncha tugmasini bosmayotgandi. Mutlaqo hech nima. Google qidiruv tizimiga qarab turgan yigitga ko‘zimiz tushdi. Biroq u hech narsa izlamayotgandi. U shunchaki ekranga mazmunsiz tikilib turardi.”
ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7266
3.71K
- 😁 8
- 👍 7
- 😱 5
- 🔥 3
- 👎 2
- 🤯 2