TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7263 3.32K
#powerpoint

↕️↔️ Shakl va obyektlar bilan ishlashda CTRL va SHIFT klavishlari bilan bog‘liq layfxaklar

Ko‘pincha taqdimotimizdagi slaydlarda turli shakl va obyektlardan foydalanish va ularning o‘lchamlarini moslashtirishga to‘g‘ri keladi. PowerPoint'da shakl burchaklaridan biridagi markerni tutgan holda shunchaki surishdan tashqari, ularning o‘lchamlarini o‘zgartirish borasida yana bir nechta qo‘shimcha opsiyalar mavjud.

1️⃣. Agar bunda SHIFT klavishini bosib turgan holda shakl burchaklaridan biri siljitilsa, shakl o‘lchami o‘z proporsiyasini saqlagan holda surilayotgan tomonga qarab o‘zgaradi.

2️⃣. Agar shakl CTRL klavishini bosib turgan holda siljitilsa, uning o‘lchami proporsiyalarni saqlamagan holda, shaklning joriy markaziga nisbatan o‘zgaradi.

3️⃣. Agarda CTRL + SHIFT birikmasi bosilib, shakl burchaklaridan biri siljitilsa – uning o‘lchami proporsional ravishda shakl markaziga nisbatan o‘zgaradi.

Post ostidagi video ko‘rsatmaga muvofiq buni amalda sinab ko‘ring va ishingizni soddalashtiring👇🏻🎞.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →