TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7227 3.5K
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Arch – tajribali foydalanuvchilar va Linux'ni o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun

Ko‘pchilik Windows'chilar nima deyishidan qat’i nazar, Linux'ning ko‘p distributivlari foydalanish uchun juda oson. Ularni o‘rnatishda sizda muammo yuzaga kelmaydi: shunchaki “Далее” tugmasini bir necha marotaba bosasiz va tizim qolganini o‘rningizga bajaradi. Biroq bu Arch'ga taalluqli emas.

Ushbu distributivni birinchi marta ishga tushirganingizda, u sizga faqat bo‘sh qora ekran va konsol (buyruq satri)da miltillovchi kursorni taqdim etadi. Grafik qobiq, brauzer, boshqa ilova va tizim vositalarini kerakli buyruqlarni kiritish orqali qo‘lda o‘rnatishingizga to‘g‘ri keladi.

Aslini olganda, Arch — bu tajribali foydalanuvchi har qanday narsani qurishi mumkin bo‘lgan konstruktordir. Agar siz Linux qanday ishlashini tushunish yoki tajriba o‘tkazish istagida bo‘lsangiz, albatta Arch'ni sinab ko‘rishingiz kerak. Agar konsol sizda qo‘rquvni yuzaga keltirsa, u holda bu distributiv siz uchun juda murakkablik qiladi.

➕ Afzalliklari: ko‘p sonli ilovalar, har doim yangi dasturiy ta’minot, sozlamalarning keng imkoniyatlarini taqdim etuvchi AUR (Arch User Repository), ajoyib foydali Wiki, ishlashdagi yuqori samaradorlik.

➖ Kamchiliklari: distributiv operatsion tizim bilan endigina tanishayotganlar uchun mos emas. Ko‘plab buyruqlarni o‘rganish va qo‘llanmalarni o‘qishga to‘g‘ri keladi.

✔️ Alternativlari: Slackware — eng qadimiy distributivlardan biri. Uning muxlislari: “Agar Slackware'ni o‘rgansangiz — butun Linux'ni o‘rganasiz”, deyishadi. Barqarorligi va konservativligi bilan ajralib turadi. Gentoo — ushbu distributivda qulay ilovalar do‘konlari mavjud emas. Buning o‘rniga, ishlab chiquvchilar tomonidan taqdim etilgan ochiq kodlar yordamida o‘zingizga kerakli bo‘lgan dasturlarni qo‘lda kompilyatsiya qilishingizga to‘g‘ri keladi. Nazariy jihatdan olib qaraganda, bu tizimning ishlash samaradorligiga kichik bonus taqdim etadi. GoboLinux — bu macOS'dan ilhomlangan holda yaratilgan, g‘ayrioddiy fayl tizimiga ega distributiv. Bu yerda har bir dastur o‘z papkasida joylashgan, bu esa boshqa distributivlar uchun xos bo‘lmagan holatdir. Linux'ning ichki tuzilishini o‘rganadigan yoki shunchaki tajriba qilishni xohlaydiganlar uchun mos keladi.

📥 Arch'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 6
  • 🔥 2
  • 👏 1
  • 🤩 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →