TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7185 3.94K
#operatsion_tizim

🔊 Windows'da ovoz boshqaruvini soddalashtiramiz

Ma’lumki, Windows 10'dan boshlab dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilariga ovoz balandligini boshqarish funksiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturlarning o‘ziga joylashtirishga ruxsat berildi. Biroq agar sizda bunday dasturlardan bir nechtasi ishga tushirilgan bo‘lsa, mos keluvchi dastur oynasiga murojaat etishga to‘g‘ri keladi, bu esa ba’zida noqulaydir.

EarTrumpet – Windows 10'da ovoz balandligini boshqarish uchun kuchli dasturiy ta’minot. U bilan ishga tushib turgan istalgan dasturdagi ovoz balandligini yagona paneldan turib boshqarish mumkin. Har safar kompyuter bo‘ylab kerakli sozlamalarni izlashga ortiq hojat yo‘q, barcha kerakli narsalar tizim soati yonidagi treyga joylashtiriladi.

Dastur standart ovoz sozlagichi uslubiga moslashtirilgan va ovoz boshqaruvi bo‘yicha kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi: har bir dasturdagi tovush balandligini nazorat qilish va qaysi audio chiqarish qurilmasiga ovoz yuborilishini tanlash imkonini taqdim etadi.

Yordamchi dastur har bir ochilib turgan dasturni tahlil qiladi va agar u ovozdan foydalansa (brauzerlar, audio, video pleyerlar, o‘yinlar va boshqalar), u holda dastur belgisini bosgan holda siz ushbu dastur belgisi va ovoz shkalasini ko‘rasiz. Kerakli dastur uchun yurgich (ползунок)ni siljitish orqali kerakli ovoz balandligiga erishish mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da muayyan dasturning ovozini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 11
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →