TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7157 3.58K
#operatsion_tizim #hardware #maslahat

⏳ Modern Standby kutish rejimi

Modern Standby — noutbuklarda past darajadagi energiya quvvatini sarflaydigan texnologiya bo‘lib, standart S3 kutish rejimini qo‘llagandan ko‘ra tezroq ishga qaytish imkonini beradi.

Modern Standby (S0 Low Power Idle) ishlash tamoyili bo‘yicha smartfonlardagi kutish rejimiga monanddir. S3'dan farqli o‘laroq, S0 rejimi protsessor va turli periferik qurilmalar o‘chirilishiga olib kelmaydi.

Funksiya akkumulyatorning tezkor quvvatsizlanishiga olib keladi, shuningdek u juda sezgirdir. Bu esa shuni anglatadiki, uyqu rejimiga yuborilgan noutbuk eng mos bo‘lmagan mahalda yoqilib ketishi mumkin.

⚠️ Masalan, ko‘pchilik noutbuklarni maxsus sumka va ryukzaklarda olib yuradi, qurilma ichkarida turgan holatda o‘z-o‘zidan ishga tushib ketishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, buni noutbukni qo‘lgan olganingizda uning qizib ketganligidan ham sezishingiz mumkin, chunki kuler (parrak) protsessor va videokartani sovitish ilinjida yaxshigina aylangan bo‘ladi.

Sizda bunday funksiya qo‘llab-quvvatlanishini bilish uchun, Buyruq satri (Командная строка)'ga powercfg -a buyrug‘ini yuboring. Funksiyani o‘chirish uchun Reyestr muharriri (Редактор реестра)'ni ishga tushiring va unda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:

HKLM\SYSTEM\CurrentControlSet\Control\Power

PlatformAoAcOverride nomli va 0 qiymatli 32 bitlik DWORD parametri'ni yarating. Shuningdek CsEnabled parametri qiytatini ham 0'ga o‘zgartiring. Kompyuterni qayta yuklang.

❗️Reyestr bilan ishlashda, ehtiyot shart dastlab uning zaxira nusxasi (backup)'ini yaratib olishni unutmang.

📌 P.S.: Sizda hech sumkada bo‘lgan paytida noutbuk o‘zidan-o‘zi ishga tushib ketganmi?

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 5
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →