#word
📄 Hujjatda satrlararo va abzatslararo intervallarning qo‘llanilishi
Microsoft Word'dan endi-endi foydalanishni boshlaganlar uchun ma’lumot o‘rnida:
Agarda abzatslar o‘rtasidagi masofani o‘zgartirish istagida bo‘lsangiz, buni satrlararo intervalni o‘zgartirish orqali amalga oshirmaganingiz ma’qul. U belgilangan matnda qo‘llanilgan har bir abzatslar orasidagi masofa bilan bir qatorda, ulardagi satrlar orasidagi masofani ham o‘zgartiradi va matn sahifa bo‘ylab uzayib ketadi.
Abzatsdagi so‘nggi satrdan keyingi masofani o‘zgartirish otstup (interval)ni qo‘shish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu uchun dasturning menyu tasmasida tugmalar mavjud bo‘lsa-da, bu uchun abzats parametrlariga murojaat etgan afzalroqdir. U yerda otstupni moslashuvchan tarzda o‘rnatish mumkin👆🏻🎞.
📝 Manba: @office_killer
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7130
3.99K
- 👍 5
- 🤩 2