TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6966 6.91K
#word

↕️ Hujjat bo‘ylab tezkor o‘tish uchun 4 foydali klavishlar birikmalari

Hujjat bo‘ylab odatda sichqonchaning g‘ildiragini g‘izillatib yuqoriga-pastga siljishga odatlanganmiz, ba’zilar hattoki sichqonchadan juda ko‘p foydalanganidan, uning g‘ildiragi o‘ziga yarasha shovqin chiqarib, qolganlarning tinchini buzadi.

Hujjat sahifalarining boshida mavzularni belgilab ketgansiz va ular bo‘ylab tezkor o‘tishingiz kerak deylik, yoki hujjatning o‘rtasidan turib, uning boshiga yoki oxiriga tezkor o‘tish lozim, sichqoncha bilan bu jarayon biroz ko‘proq vaqt olishi aniq. 😣

Bunda klaviatura klavishlari birikmalari yordamida ishimizni ancha osonlashtirish bilan birga tezlashtirishimiz ham mumkin:

• Hujjatdagi keyingi sahifaning boshiga o‘tish uchun – CTRL + PAGE DOWN.

• Hujjatdagi oldingi sahifaning boshiga o‘tish uchun – CTRL + PAGE UP.

• Hujjatning dastlabki sahifasiga o‘tish uchun – CTRL + HOME.

• Hujjatning so‘nggi sahifasiga o‘tish uchun – CTRL + END.

📝 Manba: @hacks_office

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Matnni tezkor belgilash uchun layfxaklar
• Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari: 1-qism | 2-qism
• Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi?
• Word dasturi uchun o‘z qaynoq klavishlarimizni belgilashimiz mumkinmi?
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
• Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
• Microsoft Word dasturida tasodifiy matnni hosil qilgan holda u bilan ishlash
• MS Word’dagi hujjat hajmini kichraytirishning 3 usuli
• Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →