🔁 Shakllarga nisbatan “Формат по образцу” opsiyasini qo‘llash
Hujjatda qo‘llash uchun juda qulay hisoblanuvchi “Формат по образцу” opsiyasi nafaqat matn, balki boshqa obyektlar uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan, uning yordamida muayyan shakl tashqi ko‘rinishi sozlamalari osongina nusxalab o‘tkaziladi.
Qo‘llanilish tamoyili bir xil. Namunani belgilaymiz va “Формат по образцу”ni ustiga bosamiz. Agar format bir marta qo‘llanilishi lozim bo‘lsa – opsiya ustiga bir marta, agar bir martadan ko‘proq bo‘lsa – ikki marta bosamiz, formati o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan shakl(lar) ustiga bosamiz va jarayon yakunida
ESC klavishini bosamiz.📝 Manba: @office_killer
ℹ️ Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija