TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6961 4.19K
#bilasizmi #rasm_bilan_ishlash

🎨 CMYK rang modeli nimalardan iborat?

• CMYK ranglari – bu barcha chop etiluvchi tuslarning yaralishida ishtirok etuvchi asosiy ranglardir. Ular siyoh miqdorini minimallashtirish uchun maxsus ishlab chiqarilgan bo‘lib, agar badiiy bo‘yoqlar majburiy oq rangga ega bo‘lsa, chop etishda material, ya’ni qog‘ozning oq yuzasi ushbu rangning o‘rnini bosadi. Shuningdek RGB (Red (qizil), Green (yashil), Blue (ko‘k)) modelidan farqli o‘laroq, qizil rang – yorqin pushti bilan, ko‘k rang esa – yorqin ko‘k rang bilan almashtirilgan.

CMYK atamasining kengaytmasi

“CMYK” abbreviaturasining kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha:
С – sian (Cyan) – yorqin ko‘k;
М – madjenta (Magenta) – yorqin pushti;
Y – sariq (Yellow) – yorqin sariq;
K – qora (BlacK) – qora bo‘yoq, bu yerda dastlabki emas, balki so‘nggi harf, ushbu rangni RGB rang modelidagi Blue (ko‘k) rang bilan adashtirib yubormaslik uchun qo‘llanilgan.

• CMYK – bu nafaqat chop etishdagi asosiy tuslar, balki har qanday tusni foizda tavsiflay oladigan rang modelidir. Bu xususiyat chop etuvchi mashinaga rasmning o‘zidan turib: qanday bo‘yoqlar bilan va qanday nisbatda chop etish lozimligini tushuntirish uchun juda muhimdir. Rasm sonli ko‘rinishda ifodalanadi, bunda CMYK'ning har bir rangi uchun chegaraviy qiymat 100%ni tashkil etadi. Masalan, ko‘k-yashil rang quyidagi formulaga ega bo‘ladi: С – 100%; М – 25%; Y – 25%; K – 10%.

• CMYK palitrasi. Poligrafiya sanoatining asosiy vazifasi – bu yorqin va ranglarga boy tasvirlarni taqdim etishdir. Rassom bo‘yoqlarning turli aralashmasidan kerakli tusni tanlashi uchun ko‘p vaqt sarflagani kabi, chop etishda ham xatolikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki gap bir dona buyum haqida emas, balki ommaviy mahsulot haqida boradi. Shuning uchun ham CMYK tizimi chop etishda noqulay holatga tushirib qo‘ymaydigan eng foydali ranglar to‘plamiga egadir.

Ushbu soha ustalari quyidagi qoidalarga tayanib ish tutadi:
1) Ishtirok etuvchi asosiy ranglardan qaysidir birining 100%lik nisbati eng yorqin rangni yuzaga keltiradi.
2) Kompozit (tarkibiy) ranglar bitta bo‘yoqdan ustun turadi.
3) Ko‘k rang odatda boshqa bo‘yoqlarga nisbatan intensiv (quyuqroq) bo‘ladi.

📌 P.S.: Ushbu rang modelida ishtirok etuvchi asosiy ranglarning aralashmasidan turli rangdagi tasvirning hosil bo‘lishi ushbu media faylda amaliy ko‘rsatilgan👇🏻🎞.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →