TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6954 4.08K
#operatsion_tizim #tarmoq #internet #security

🚫 Windows'dagi dasturga Internetdan foydalanishni taqiqlash

Barcha dasturlar uchun ham Internetdan foydalanish muhim emas. Shunday bo‘lsa-da, ularning ba’zilari yangilanishlar mavjudligini tekshirish yoki xizmatchi ma’lumotlarni yuborish kabi harakatlari bilan faol tarzda trafikni sarflab keladi. Bu esa ayniqsa limitli ulanishdan foydalanish paytida (masalan, smartfondan Internet tarqatilayotganida) yoqimsizdir.

Bunday holatlar uchun Windows'da muayyan dasturga Internetdan foydalanishni butunlay yoki muayyan tarmoqlarga ulanish vaqtida cheklash imkonini taqdim etuvchi ichki funksional mavjud.

Buning uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiramiz va unga firewall.cpl buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Брандмауэр'ni ishga tushiramiz.

2️⃣. “Дополнительные параметры” ustiga bosamiz va “Правила для исходящего подключения” bandini tanlaymiz.

3️⃣. O‘ng qatordagi “Создать правило” bandiga bosamiz.

4️⃣. “Для программы”ni tanlaymiz.

5️⃣. Interneti bloklanishi lozim bo‘lgan dasturga yo‘l ko‘rsatamiz.

6️⃣. “Блокировать подключение” bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatamiz.

7️⃣. Agar kerak bo‘lsa, ushbu qoida amal qilishi lozim bo‘lgan muayyan tarmoqlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

8️⃣. Kelajakda topish osonroq bo‘lishi uchun qoidani albatta aniq nomlang va tavsiflang.

9️⃣. “Готово” tugmasini bosing.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →