⏱ Windows soatida soniyalar ko‘rinib turishini faollashtirish
Windows 10'da vazifalar panelining o‘ng chetida joylashgan soat joriy vaqtni qoida bo‘yicha soniyalarsiz ko‘rsatib turadi. Agar sizga ularning ko‘rinib turishi qulay bo‘lsa, u holda quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishingizga to‘g‘ri keladi:
1️⃣. Выполнить oynasini ekranga chaqirish maqsadida
WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan oynaga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Редактор реестра oynasini ishga tushiring.2️⃣. Ochilgan oynaning chap tomonida joylashgan kichikroq panelida quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting (yoki ushbu matnni oynadagi manzil satriga nusxalab o‘tkazib,
ENTER klavishini bosing): HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer\Advanced.3️⃣. Oynaning o‘ng tomonidagi kattaroq panelning bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali ShowSecondsInSystemClock nomli 32-bitlik DWORD parametrini yarating va unga
1 qiymatini bering.So‘ngra Диспетчер задач'ni ekranga chaqirish uchun
CTRL + SHIFT + ESC birikmasini bosing. Jarayonlar ro‘yxatidan Проводник (Windows Explorer)ni topib belgilang va oynaning pastki o‘ng burchagidagi Перезагрузить tugmasini bosing.Windows 7 uchun soniyalarni biz rammichael.com saytidan yuklab olish mumkin bo‘lgan 7+ Taskbar Tweaker dasturi orqali faollashtirishimiz mumkin. Dasturning oynasida faollashtirilishi lozim bo‘lgan band ushbu post ostidagi rasmning 2-qismida keltirilgan👇🏻.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija