TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6876 3.99K
#mulohaza_uchun #maslahat

🧠 Yaponiyalik olimlar miyaning faolroq ishlashiga yordam beruvchi samarali usulni aniqladilar

Yaponiyaning Sukuba universiteti olimlari miya faoliyatini ragʻbatlantiruvchi oddiy va samarali usulni aniqladilar. Mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot xulosalari "Scientific Reports" jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, yugurish mashqlari yordamida miyaning faolroq ishlashiga erishish mumkin, shuningdek u kayfiyatni yaxshilashga ham yordam beradi. Buning uchun kuniga 10 daqiqa yugurish kifoya.

Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda avvallari hech qachon yugurish bilan shugʻullanmagan 26 nafar koʻngilli ishtirok etgan. Tadqiqot ishtirokchilari ikkita guruhga boʻlingan. Ulardan biri kuniga 10 daqiqadan yugurish bilan shugʻullangan, ikkinchi guruh esa shunchaki nazorat ostida boʻlgan. Har ikki guruh aʼzolarining kayfiyatlari va oʻzlarini qanday his qilayotganlari doimiy ravishda tekshirib turilgan.

Tadqiqot natijasida qisqa muddatli yugurish mashqlaridan keyin miyaning prefrontal qobigʻiga qon oqimining tezroq yetib borishi aniqlangan. Miyaning ushbu qismi qarorlar qabul qilish, maqsadlar ustida ishlash va boshqa turdagi kognitiv funksiyalar uchun javob beradi. Bundan tashqari, har kuni 10 daqiqadan yugurgan odamlarning kayfiyati odatdagiga nisbatan koʻtarilgani qayd etilgan.

📝 Manba: @xabardor_uz_official

ℹ️ Salomatlikka oid tavsiyalar ro‘yxati keltirib o‘tilgan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →