TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6848 3.78K
#rasm_bilan_ishlash #internet

🎨 Istalgan rangning kodini bilib olamiz

O‘rningizda o‘tirgan holda loyihangiz uchun qanday rangdan foydalanish haqida o‘ylayabsizmi? Kafeda ko‘rgan lampangizning sirti aynan sizga kerakli bo‘lgan rangda va loyihangizga ideal ravishda mos kelishi haqida eslayabsiz deylik... ColorCopyPaste xizmati aynan shunday onlarda yordam berish uchun yaratilgan.

U bilan siz atrofingizda uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday rangning kodini aniqlay olasiz. Smartfoningizning kamerasida tasvirga olinayotgan obyektning rangini to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxalab, qo‘llay olasiz. Xizmat tomonidan veb-ilova, Figma uchun plagin va saytdan alohida arxiv ko‘rinishida yuklab olinadigan Sketch uchun plaginlar taqdim etiladi.

Ilova smartfonni kompyuterga ulash uchun maxsus soketdan foydalanadi. QR-kod ko‘rsatilganida u noyob identifikatorni yaratadi. Skanerlangan rang plagin yoki veb-brauzerning lokal xotirasida saqlanadi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Smarfoningiz yordamida saytdagi QR-kodni skanerlang yoki “Открыть в браузере”ni tanlang.

2️⃣. Kamerangizni kerakli rangdagi obyekt ustiga olib boring.

3️⃣. Yangi rang avtomatik ravishda plaginga qo‘shiladi.

4️⃣. Kodini nusxalash uchun rang ustiga bosing, yoki o‘chirish uchun Удалить'ni tanlang.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →