TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6844 3.92K
#smartfon #hardware #maslahat

Smartfon uchun USB kabelni qanday tanlash kerak va u zaryadlash tezligiga ta’sir qiladimi? 🔋⚡️📱

Aksariyat foydalanuvchilar smartfonlarining zaryadlash tezligi bevosita ular foydalanayotgan kabel sifatiga bog‘liq bo‘lishi mumkinligidan shubhalanishmaydi. Tez zaryadlash funksiyasiga ega smartfonni o‘ziga mos bo‘lmagan kabelga ulaganda u sekin zaryadlanadi.

Hozirgi zamonaviy Android smartfonlarning ko‘pi USB Type-C turidagi port bilan jihozlangan va kabelni ikki tomonlama aylantirib ulash mumkin (ya’ni chappa rostasi yo‘q). Ba’zi arzonroq yoki eskiroq Android smartfonlarda micro-USB porti o‘rnatilgan bo‘ladi.

1️⃣. Tok o‘tkazuvchanligi

Ushbu xususiyat har qanday kabel uchun muhim bo‘lib, u smartfonni qanchalik tez zaryadlay olishiga bevosita javobgardir. Oddiy kabellar juda past 0,5 A tok kuchi uchun mo‘ljallangan, masalan, 120 Vt quvvat bilan tez zaryadlash uchun 10 V kuchlanish va 12 A tok kuchi ishlatiladi.

Albatta, hatto arzon yarim amperli (A) kabel ham smartfonni zaryadlay oladi, lekin buni juda sekin amalga oshiradi. Ba’zida zaryadlash adapterining kontrolleri (boshqaruvchisi) o‘ziga ulangan kabel past amperga ega ekanligini tushunmasdan unga to‘liq quvvatini beradi. Natijada esa kabel haddan tashqari qizib, izolyatsiyani eritib yuboradi va qisqa tutashuvga olib keladi va bu katta ehtimol bilan smartfonni yaroqsiz holga keltiribgina qolmay, balki yong‘inga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Bunday noxush oqibatlarning oldini olish uchun, smartfoningiz zaryadlash adapterining imkoniyatlariga mos kabel sotib olishingiz kerak. Misol uchun, agar zaryadlash adapterida "OUTPUT/Выход: 2 A" yozuvi bo‘lsa, sotib olayotgan kabelning xususiyatlariga qarang. U kamida 2 A maksimal tok kuchini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Ushbu parametr kabelda ishlatiladigan o‘tkazgichlarning kesimiga bevosita bog‘liq — ya’ni kabel qanchalik yo‘g‘on bo‘lsa, tok kuchi shunchalik katta bo‘ladi.

2️⃣. Kabel uzunligi

Kabel qanchalik uzun bo‘lsa, quvvat yo‘qotilishi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hammasi kabelning uzunligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri proporsional bo‘lgan qarshilik tufayli. Shuning uchun, bir metrdan uzunroq kabelni sotib olmagan ma’qul.

3️⃣. Qoplama materiali

Qoplama materiali kabelning xususiyatlariga hech qanday ta’sir qilmaydi, lekin kabel qancha vaqt xizmat qilishi bevosita unga bog‘liq. Matolik qoplamani eng yaxshisi deyish mumkin. Chunki ko‘rinishi va egilishi jihatidan yaxshiroq, lekin narxi biroz qimmatroq.

Chidamlilik jihatidan metall qoplamani tavsiya qilish mumkin, lekin uning juda qattiqligi tufayli foydalanish qulay bo‘lmaydi va egilishi ham juda qiyin. Plastik qoplamaga kelsak, u odatda eng arzon kabellarda ishlatiladi. Ushbu qoplama qulay foydalanish uchun yetarlicha yumshoq, lekin uzoq muddat foydalanishga bardoshli emas.

Xulosa

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, smartfonni zaryad qilish uchun imkon boricha nomi chiqqan brendlar kabellarini xarid qiling. Masalan, Baseus, Ugreen, Hoco, ANKER, Belkin kabi brendlar mahsulotlari.

Savol: Magnit kabeldan foydalanib ko‘rganmisiz va uning afzalliklari nimada deb o‘ylaysiz?

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • ❤ 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →