TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6764 4.21K
#operatsion_tizim

🚮 “Загрузки” papkasidagi foydalanilmayotgan fayllarni avtomatik o‘chirish

Hozirgi kunda Internetda yaratilgan keng imkoniyatlar gigabaytlab miqdordagi o‘yinlar, filmlar, musiqalar, kitoblar va boshqa ajoyib kontentlarni yuklab olish imkonini beradi. Zo‘r-a? Albatta!

Biroq har qanday tanganing ham ikki tomoni bor: “Загрузки” papkasi, unda ancha vaqtdan buyon saqlab kelinayotgan fayllar bilan qattiq diskning ko‘p joyini egallashi mumkin. Foydalanuvchiga tegishli papkalar D diskida saqlanadigan qilib sozlangan bo‘lsa, bu qaysidir ma’noda yordam berishi mumkin.

Ortiqcha fayllarni avtomatik o‘chirilishini sozlash uchun “Параметры” oynasini ekranga chaqirish (WIN + I) va unda “Система” → “Память устройства” bandlari bo‘ylab o‘tib, “Контроль памяти” funksiyasini faollashtirish lozim.

Bu yerda esa tanlov mavjud: papka tarkibini har kuni, har hafta, har oy yoki Windows qaror qilgan paytda (diskda joy kamayin qolgan taqdirda) tozalash mumkin. Saqlash muddati ham sozlanadi! Papkada saqlanayotgan fayllarni yuklab olingan vaqtidan boshlab 1, 14, 30 yoki 60 kundan so‘ng o‘chirish — bu faqat o‘zingizga bog‘liq!

Kelajak avtomatlashtirilgan yechimlar tomonidadir. Qimmatbaho vaqtimizni mayda-chuyda ishlarga sarflagandan ko‘ra, buni mashinaga ishonib topshirgan ma’qul emasmi? U bizdan farqli o‘laroq hech qachon unutmaydi, keyinga surmaydi va erinmaydi! 😉

📝 Manba: @microsoft™

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →