#excel
🔝 Jadvalning sarlavhasini “qotirib qo‘yamiz”
Faraz qilamiz, sizning jadvalingizda sarlavhalar mavjud va siz list bo‘ylab pastga qarab o‘tgan taqdiringizda, ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz.
Buning uchun sarlavha ostida keluvchi satrni to‘liq belgilash lozim. Masalan, jadval sarlavhasi uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa – to‘rtinchi satr belgilanadi.
Shundan so‘ng menyu satrining Вид → Закрепить области → Закрепить области bandlari bo‘ylab o‘tasiz.
Agarda sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, u holda satrlarni belgilab o‘tirishga hojat yo‘q, ushbu bosqichda shunchaki yuqorida murojaat etilgan menyudan Закрепить верхнюю строку bandi tanlanadi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
• Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin?
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #6762
4.25K