TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6741 4.28K
#excel

🚫 Belgilangan diapazonda keraksiz qiymatlar kiritilishini cheklash

Faraz qilamiz, siz hujjatni foydalanish uchun bir nechta foydalanuvchiga bermoqchisiz, biroq siz uchun muayyan ustunga kiritilayotgan ma’lumotlar qat’iy ravishda 100 dan 150 gacha bo‘lgan diapazonda bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun hujjatda quyidagi harakatlar ketma-ketligini qo‘llaniladi:

— 1-qadam
Kerakli yacheykalar diapazonini belgilang va menyu satrining Данные varaqa (вкладка)sida Работа с данными guruhida joylashgan Проверка данных (✔️/🚫) tugmasiga bosing.

— 2-qadam
Ochilgan Проверка вводимых значений oynasining dastlabki Параметры varaqa (владка)sida Тип данных: satri ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan Целое число bandini, Значение: satri ostidagisidan Между bandini tanlang va Минимум: hamda Максимум: satrlari ostiga mos tarzda chegaraviy qiymatlarni kiriting.

— 3-qadam
Oynaning navbatdagi Подсказка по вводу varaqa (вкладка)siga o‘tib Заголовок: satri ostiga eslatma sifatida chiqib turuvchi sariq maydonning mavzusini, Подсказка по вводу: satri ostiga eslatmaning matnini kiriting (xohishga ko‘ra).

— 4-qadam
Oynaning so‘nggi Сообщение об ошибке varaqa (вкладка)siga o‘tib, Вид: satri ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan Остановка (1) yoki Предупреждение (2) bandini tanlang va xohishga ko‘ra Заголовок: hamda Сообщение: satrlari ostida mos tarzda xatolik haqida xabar beruvchi oynaning mavzusi va tarkibida ko‘rinib turadigan matnini kiriting, tayyor.

• (1) Остановка – qiymat to‘g‘ri kiritilmaguniga qadar keyingi satrga o‘tkazmaydi;
• (2) Предупреждение - kiritilgan qiymat bo‘yicha ogohlantirish beradi va foydalanuvchining qaroriga ko‘ra qiymatni qabul qiladi yoki boshqa qiymat kiritilishini kutadi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →