#operatsion_tizim #software #security
🕵️ Windows'da maxfiy ma’lumotlarimizni himoyalaymiz
Buni Windows Privacy Dashboard portativ, ya’ni o‘rnatish talab etilmaydigan vositasi yordamida amalga oshirish mumkin.
WPD telemetriya va reklama identifikatsiyasini o‘chirish imkonini beradi, maxfiylik sozlamalarini boshqaradi, Windows bilan birga o‘rnatiluvchi ilovalarni o‘chiradi va treking (kuzatuv) tizimlarini aniqlaydi.
Foydalanish uchun dasturni yuklab oling va o‘zingizga kerakli parametrlarni sozlab oling. Sozlamalar borasida ishonchingiz komil bo‘lmasa, aynan nima o‘chirilishini ko‘rish uchun parametrlar yonida savol belgisiga murojaat etishingiz mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #6696
4.57K

- 👍 1