⚠️ “Файл слишком велик для конечной файловой системы” xabarining chiqishi boisi va uni bartaraf etish
Bunday xabarga boshlang‘ich (tajribasiz) foydalanuvchilar USB-fleshkalarga biror ma’lumotni yozish vaqtida duch kelishlari mumkin. 99% holatlarda bu hajmi 4 Gb'dan katta bo‘lgan faylni tashlab olishga bo‘lgan urinishda yuz beradi.
Hozirgi vaqtda Windows tomonidan asosan ikki fayl tizimi qo‘llanilib keladi: FAT32 va NTFS. Windows'ning zamonaviy tizimlari uchun eskirgan hisoblanmish aynan FAT32 - 4 Gb'dan katta fayllar bilan ishlashga ruxsat bermaydi.
Muammoni hal qilish uchun dastlab saqlash qurilmasidagi barcha kerakli ma’lumotlaringizni ishonchli joyga nusxalab oling. So‘ngra Проводник (Этот (Мой) компьютер,
WIN + E) oynasida fleshka belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan Форматировать bandini tanlang.Файловая система bo‘limida NTFS'ni tanlang va Начать tugmasini bosing. Fayl tizimini formatlash va o‘zgartirish jarayoni tugashini kuting. Tayyor, endi katta hajmli fayllarni yozish cheklovi bo‘lmaydi. 😉
📝 Manba: @pcTeapot
📌 P.S.: Ushbu tavsiyamiz hajmi 8 Gb va undan katta bo‘lgan fleshkalar uchun o‘rinli.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fayl joriy fayl tizimi uchun juda katta bo‘lsa nima qilish kerak?
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija