🔗 Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi?
Excel'da istalgan formulani kiritish chog‘ida, ma’lumot o‘rnida istalgan yacheyka (katakcha) manzilini, u hattoki hujjatning boshqa listida joylashgan taqdirda ham ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin.
Bunday holatda yacheyka manzili
(A2)ni ko‘rsatish oldidan shunchaki listning nomlanishi va undov belgisi (Лист2!)ni kiritib o‘ting. Masalan, Лист2!A2.Agar listingiz nomlanishida probel mavjud bo‘lsa, list nomini bittalik qo‘shtirnoq orasiga olib, so‘ngra undov belgisini kiritish lozim. Masalan,
'Daromad va xarajat'!F2.Bunday formula odatdagisidan farq qilmaydi: alohida listda yacheyka qiymati o‘zgartirilishiga qarab, qo‘shni listda qo‘llanilgan formula qiymati avtomatik o‘zgaradi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija