#internet #bilasizmi
🧙 Fayllar bilan ishlash uchun universal manba
Agar sizga turli ko‘rinishdagi fayllar bilan har-xil amallar qilishga to‘g‘ri kelsa, masalan, qo‘shiqning kerakli joyini kesib olish, videoni boshqa formatga o‘tkazish, ovoz yozib olish va hokazo, u holda turli xizmatlar yoki dasturlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
123apps — fayllar bilan ishlash uchun katta xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga olgan sayt. Internetdagi masofaviy serverda, bir joyning o‘zida 46 ilova jamlangan. Bir kunda hajmi 700 Mb'dan oshmaydigan 10 ta faylga bepul ishlov berish mumkin.
Undan foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting.
2️⃣. Kerakli funksiyani tanlang va maxsus tugma yoki oyna ustiga olib o‘tkazish usulida faylni serverga yuklang.
3️⃣. Fayl tahrirlanishi tugallanganidan so‘ng “Сохранить” tugmasini bosing.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #6668
4.54K
