🔤 Matnni diagonal bo‘ylab ajratish
Ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, bir yacheykaga muayyan matnni diagonal bo‘yicha joylashtirishga to‘g‘ri keladi (masalan, Summa\Sana).
Bunday vaziyatlarda quyidagicha yo‘l tutiladi:
— 1-qadam
Kerakli yacheykani tanlang, ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va kontekstli menyudan Формат ячеек bandini tanlang.
— 2-qadam
Ochilgan oynada Граница varaqa (вкладка)siga o‘ting va qiya chiziqni qo‘shish uchun element o‘rtasiga bosing. OK tugmasini bosib, kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.
— 3-qadam
Qiya chiziq tushirilgan yacheykaning faol tanlanib turgan holatida formulalar satriga o‘tib, kerakli matnni satrlarga ajratgan holda (
ALT + ENTER) kiriting. Bir nechta probellar yordamida yuqori satrda turga matnni yacheykaning o‘ng tomoniga siljiting, tayyor.📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija