#operatsion_tizim #software
❌ Operatsion tizim bilan birga keluvchi ilovalarni o‘chiramiz
Ko‘p holatlarda operatsion tizimimiz bilan birga keluvchi ilovalar keraksiz va shunchaki diskda ortiqcha joy egallab turgan bo‘ladi. Ularni odatiy tarzda o‘chirib bo‘lmaydi, bunda bizga Windows 10 App Remover yordamga keladi.
Yordamchi dastur ishga tushirilganidan so‘ng bizdan faqat bir harakat — xalos bo‘lishimiz lozim bo‘lgan dastur nomi keltirilgan tugma ustiga bosish talab etiladi.
Shu bilan birga, yordamchi dastur yordamida muammoli dasturning xatoliklarini kuzatish imkoni mavjud. Buning uchun Show Log bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatish talab etiladi.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #6648
6.1K
