#mulohaza_uchun #telegram #game
🏁 Telegram'da bot yordamida mamlakatlar bayroqlarini o‘rganamiz
Угадай флаг! – telegram-boti smartfondan chalg‘imagan holda, mamlakatlar bayroqlarini eslab qolishingizda yordam beradi. Buning uchun bir olam reklamalar bilan keluvchi hech qanday ilovani alohida o‘rnatib o‘tirishishga hojat yo‘q.
Foydalanish uchun havola bo‘ylab o‘tish va botni ishga tushirish yetarli. O‘yin nihoyatda oddiy: 1 bayroq va 4 javob varianti ko‘rsatiladi, ulardan faqat bir donasi to‘g‘ri. Botda “jon”lar mavjud, agar xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, 1 jon olib tashlanadi.
Bunday o‘yinni bir necha marotaba o‘ynab ko‘rish orqali barcha mamlakatlar bayroqlarini bir qarashda farqlaydigan bo‘lib qolasiz. 😉
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #6595
9.73K

- 👍 1