TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6594 4.33K
#smartfon #internet #android

🔄 Android'da barcha ilovalarni tezkor yangilash

Ilovalar sozlamalariga telefonning asosiy sozlamalari orqali murojaat etish mumkin, biroq buni, boz ustiga qo‘shimcha funksiyalarni taqdim etuvchi ilovalar do‘koni orqali amalga oshirish ancha qulaydir.

Buning uchun esa quyidagi qadamlar bajariladi:

1️⃣. Google Play Market'ni ishga tushiring;

2️⃣. Menyuni oching (qidiruv satridan o‘ng tomonda joylashgan akkaunt ikonkasi ustiga bosgan holda);

3️⃣. So‘ngra Мои приложения и игры bandini tanlang (ushbu band Управление приложениями и устройствами deb ham nomlanishi mumkin);

4️⃣. Ochilgan bo‘limda (yoki undagi Общие сведения varaqasi tarkibidagi Доступны обновления bandiga o‘tish orqali) smartfoningizga o‘rnatilgan barcha ilovalarni topishingiz va ularni bittalab yoki barchasini birdan yangilashingiz mumkin.

Библиотека quyi bo‘limida (yoki Управление varaqasi tarkibidagi Установлено ro‘yxat elementini Не установлено'ga o‘zgartirish orqali) siz tomondan yuklab olingan, ammo keyinchalik o‘chirib yuborilgan ilovalar ro‘yxatini topishingiz mumkin. Ba’zida bu, o‘chirilgan ilovaning nomini eslay olmaganingizda foydali bo‘lishi mumkin. 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  2. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  3. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  4. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  5. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  6. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →