TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6516 6.48K
#word

❌ Word'da chiziqlarni o‘chirish

Oddiy chiziqni o‘chirish

O‘chirilishi lozim bo‘lgan ulagich yoki shaklni hosil qiluvchi chiziqni belgilang, so‘ngra DELETE klavishini bosing.

☝🏻Maslahat: Bir nechta chiziq yoki ulagichlarni o‘chirish uchun, klaviaturada CTRL klavishini bosib turgan holda navbat bilan ularni belgilang, so‘ngra DELETE klavishini bosing.

Agar siz o‘chirish maqsadida chiziqni belgilab bo‘lmaydigan holatga duch kelsangiz, ehtimol, bu chegara turlaridan biri hisoblanuvchi gorizontal chiziq bo‘lishi mumkin.

Gorizontal chiziqni o‘chirish

1️⃣. Sichqoncha kursorini gorizontal chiziqdan yuqoriga o‘rnating (e’tibor bering, aynan chiziqdan bir satr yuqoriga).

2️⃣. Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Границы tugmasi yonidagi pastga qaratilgan strelka ustiga bosing va ochiluvchi menyudan Нет границы bandini tanlang.

Sahifa atrofida ramka hosil qiluvchi chegaraning qanday o‘chirilishi haqida esa keyingi postimizda so‘z yuritamiz. 😉

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →