TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6493 4.82K
#operatsion_tizim

📂 Papkani alohida oynada ochish

Tizimning Проводник dasturi orqali odatda biror papkaga murojaat etganimizda, u bir oyna doirasida ketma-ket ochiladi. Sozlamalarda har bir papka alohida oynalarda ochilishi usulini tanlashimiz mumkin.

Buning uchun Проводник dasturi oynasining Вид menyusidagi Параметры tugmasini bosing. Общие varaqa (вкладка)sida Открывать каждую папку в отдельном окне bandini faollashtiring.

Biroq shunday vaziyatlar bo‘ladiki, qoida bo‘yicha, ya’ni papkalar bir oyna doirasida ochiladigan hоlatda, papkalarni, masalan, ulardagi fayllar bilan ishlash maqsadida turli oynalarda ochishga to‘g‘ri kelib qoladi. Buning uchun ishchi stolidagi Этот компьютер belgisi (yoki WIN + E) orqali Проводник oynasini qayta-qayta ishga tushirish va yo‘nalish bo‘ylab o‘tib ovora bo‘lish shart emas.

Agar muayyan papkani yangi oynada ochishga zarurat paydo bo‘lsa, uning ustiga (odatdagidek) ikki marta bosish oldidan CTRL klavishini bosib turing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →