TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6419 6.58K
#operatsion_tizim #smartfon #iOS #android

🗂 ShK va smartfon o‘rtasidagi umumiy almashinish buferi

Smartfondan ShK'ga yoki aksincha ma’lumot o‘tkazishning ko‘plab usullari mavjud, biroq ularning barchasi ham qulay emas. Clipt mobil ilovasi ushbu vazifani bir necha baravar soddalashtiradi, chunki sizning smartfoningizni Chrome brauzeri bilan kengaytma yordamida bog‘laydi.

Kengaytma o‘rnatilganidan so‘ng, kompyuterda nusxalangan matn Clipt'ning almashinish buferiga kiritiladi va smartfonda foydalanish uchun mavjud bo‘ladi. Matn yoki havolalarga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan ushbu qulaylik fayllar uchun ham qo‘l keladi.

Smartfondagi ilova va ShK brauzeridagi kengaytma o‘rtasida muammo yuzaga kelmasligi uchun har ikki qurilma ham bir Google akkauntga ulangan bo‘lishi talab etiladi. Ilova shuningdek Android uchun ham mavjud.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →