TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6415 4.45K
#mulohaza_uchun

II BOB. MAQSAD VA G‘ALABA ORALIG‘I

“Hayotda “kar-ko‘r” bo‘lib, o‘ziga ishonib yashaganlargina g‘olib bo‘ladilar”.
Mark Tven

🐜
SOHIBQIRONNING CHUMOLIDAN OLGAN SABOG‘I

Bir kuni Sohibqiron Amir Temurdan oddiy beklikdan buyuk saltanat sohibi darajasiga erishishining sirini so‘rashibdi.

“Men hech qachon umidsizlikka tushmadim. Bu borada chumolidan o‘rnak oldim. Bir kuni dushmanlarimdan qochib, bir xarobaga yashirindim. Hamma narsadan umidimni uzib, tushkunlikka tushib o‘tirganimda ko‘zim bexos bir chumoliga tushdi. U o‘zining tanasidan deyarli ikki baravar katta bug‘doy donasini olib ketardi. Uning yo‘lida yog‘och parchasi bor edi. Chumoli uning ustiga chiqishga harakat qilar, biroq yuki og‘irligidan chiqolmas, o‘zidan og‘ir yuki yerga tushib ketardi. Bug‘doy donasi yumalab, devor tagiga tushar, chumoli qaytib tushib, rizqini olib ketishga harakat qilardi. Bu holat 50 marotabadan ham ko‘proq takrorlandi. Chumoli nihoyat maqsadiga yetdi. Bu kichkina jonzotning harakatini ko‘rib, yuragimda shijoat, umid paydo bo‘ldi. O‘z-o‘zimga dedim: “Nahotki, bir chumolicha g‘ayratim bo‘lmasa?!” Shundan keyin maqsadimga erishguncha hech qanday to‘siqdan cho‘chimadim”.

Qissadan hissa shuki, “Yashashning o‘zi kifoya qilmaydi. Biz biror maqsad uchun yashashga odatlanmog‘imiz kerak”, deydi Uinston Cherchill. Muvaffaqiyat ham xuddi shunday – unda maqsad bo‘lishi kerak. Maqsadga olib boruvchi yo‘l doim ham tekis emas. Ba’zida adashamiz, ortga qaytamiz. Maqsad bizga ilhom beradi, u bizni chorlaydi, tushkunlikda taskin beradi, umrga mazmun bag‘ishlaydi. Bu yo‘lda eng muhimi – o‘zimizga bo‘lgan ishonchdir.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →