TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6318 3.72K
#excel

📅 Oddiy ko‘rinishda yozilgan sanani qanday qilib oy nomlanishi ko‘rinishiga keltirish mumkin?

Faraz qilamiz, oddiy sanani oy nomlanishiga o‘girish lozim, biroq bu jarayonning qo‘lda bajarilishi juda ko‘p vaqt talab etadi. Buning uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajarilishi maqsadga muvofiqdir:

— 1-qadam
Oy nomlanishiga o‘girilishi lozim bo‘lgan sanalardan iborat yacheykalar diapazonini belgilang.

— 2-qadam
“Формат ячеек”
muloqot oynasini ekranga chaqirish uchun CTRL + 1 klavishlari birikmasini bosing va “Число” varaqa (вкладка)sida “Числовые форматы:” bo‘limi ostidagi ro‘yxat so‘ngida joylashgan (все форматы) bandiga o‘ting.

— 3-qadam
“Тип:”
maydonida ММММ'ni kiriting. Agar sizga shuningdek kunni saqlash talab etilsa — xuddi shu satrda ikki parametrni nuqta bilan ajratgan holda boshiga ДД'ni kiriting.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →