TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6288 6.75K
#internet

🗂 Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash

Google Chrome brauzerida ochilib turgan sahifalarning barcha sarlavhalari va manzillarini nusxalab olish uchun TabCopy kengaytmasidan foydalanish mumkin.

O‘rnatilganidan so‘ng kengaytma tomonidan 3 ta nusxa ko‘chirish varianti taqdim etiladi:

1️⃣. Copy selected tab – joriy varaqa (вкладка)ni nusxalash;

2️⃣. Copy N tabs in window – ochiq oynadagi varaqa (вкладка)larni nusxalash;

3️⃣. Copy all of N tabs – barcha ochiq oynalardagi barcha varaqa (вкладка)larini nusxalash.

Nusxa ko‘chirish variantlaridan keyin joylash uchun 3 ta rejim mavjud. Ya’ni kengaytirilgan yoki ixcham rejim, shuningdek faqat sayt manzillarini nusxalash.

Ma’lumotlar nusxalanganidan so‘ng, ularni istalgan matn muharririga, masalan, CTRL + V klavishlari birikmasi yordamida joylashtirish mumkin.

📝 Manba: @kompyuter_akademiyasi | @pcTeapot

📌 P.S.: Ushbu kengaytma bir qancha varaqa (вкладка)larda kerakli manzillar mavjud bo'lganda hammasini bittalab nusxalamasdan birdaniga nusxalash uchun kerak bo'ladi.

ℹ️
Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →