TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6283 4.1K
#operatsion_tizim

🔧 “Operativ xotira tizim tomonidan zaxiraga olingan” holatini bartaraf etamiz

Tizimingiz operativ (tezkor) xotiraning bir qismidan foydalanmasligi mumkin, ya’ni bunda RAM (Random access memory) tizim tomonidan zaxiraga olingan bo‘ladi.

Buni aniqlash uchun CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Производительность varaqa (вкладка)siga o‘ting, chap tomonda Память bandini tanlang va oynaning o‘ng pastki qismidagi Зарезервировано системой qiymatiga ahamiyat bering.

Agar ushbu qiymat yetarlicha katta bo‘lsa, unda uni kichraytirishga urinib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan oynaga msconfig buyrug‘ini kiritib ENTER klavishini bosish orqali Конфигурация системы oynasini ishga tushiring.

Загрузка varaqa (вкладка)siga o‘ting va Дополнительные параметры... tugmasi ustiga bosing. Максимум памяти bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang, kiritilgan o‘zgartirishni saqlang va kompyuterni qayta yuklang.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →