TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6125 5.02K
#mulohaza_uchun #bilasizmi #game

🧩 “Sudoku otasi” vafot etdi

Yaponiyada sudoku jumbog‘ini ixtiro qilgan Nikoli nashriyoti sobiq rahbari Maki Kadzi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar bermoqda Kyodo agentligi.

«Maki Kadzi «Sudoku otasi» sifatida tanilib, uni butun dunyodagi boshqotirma ishqibozlari hurmat qilishadi», — deyiladi nashriyot saytida.

Iyul oyida Kadzi sog‘lig‘i sababli kompaniya prezidenti lavozimidan ketdi. 10 avgustda Tokioda olamdan o‘tganda 69 yoshda edi. O‘limiga o‘t yo‘llari saratoni sababi bo‘lgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, birinchi sudoku 1980-yillarda Nikoli nashriyoti tomonidan chop etilgan jurnal sahifalarida paydo bo‘lgan. Pirovard natijada kompaniya nomi butun dunyoga dong taratgan.

Shunga qaramay, shunga o‘xshash raqamli topshiriqlarni yaratish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Sudokoning ajdodi shveysariyalik matematik Leonard Eyler tomonidan ixtiro qilingan “Lotin kvadrati” o‘yini bo‘lgan deb hisoblanadi.

2000-yillarning boshlarida sudoku juda ommalashib ketdi. Gazetalarda an’anaviy krossvordlar o‘rniga raqamli katakchalar chop etila boshlandi. Sudoku bo‘yicha birinchi jahon chempionati 25 yil oldin o‘tkazilgan.

📝 Manba: Xabar.uz

📌 P.S.: Ushbu o‘yinni gazeta, jurnalda yoki elektron ko‘rinishda o‘ynab ko‘rganmisiz?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →