TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6080 3.96K
#mulohaza_uchun #maslahat

🤦🏻‍♂️ “Ertaga qilaman”: ishlarni ortga surish odatidan qanday qutilish mumkin?

Baʼzan oʻta intizomli insonlarda ham dangasalik, ishlarni ortga surish holati kuzatiladi. Dangasalikka qarshi zudlik bilan kurashni boshlamasangiz, u tez orada odatga aylanib qoladi.

1️⃣. Holatdan unumli foydalanish

Dangasalik xuruji kuzatilayotgan vaqtda oʻzingizga dam olish uchun imkon bering. Sevimli filmingizni tomosha qiling, shoshilmasdan qahva iching, yaqinlaringiz bilan muloqot qiling. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan turib, katta ehtimol bilan bekorchilikdan oʻzingiz ham zerikasiz.

2️⃣. Sunʼiy dedlayn yarating

Ushbu usul juda yaxshi samara bera oladi, ammo ong dedlaynlar sunʼiy ekanligini tushunganidan keyin vazifani aytilgan vaqtda bajara olmay qoladi. Shu sababli mazkur usul dangasalikning ilk bosqichlaridagina yordam beradi.

3️⃣. Harakat qiling

Harakatsizlik dangasalikni kuchaytirib yuboradi. Maʼlum bir ish bilan shugʻullangingiz kelmasa, yugurishga chiqing yoki raqsga tushing.

4️⃣. Ish joyini oʻzgartiring

Baʼzida oʻzingiz uchun tanish boʻlmagan joyda ishlash sizga ilhom beradi, ish layoqatini oshirishga xizmat qiladi. Vaqti-vaqti bilan oʻzingiz odatlangan joyda emas, shinam kafe yoki tabiat qoʻynida ishlash usulini sinab koʻring.

5️⃣. Internet, TV, radioni yoqmang

Ishlaringizni yakunlab boʻlmaguningizga qadar oʻzingizni tashqi dunyo changaliga topshirib qoʻymang. Internet va TV'da sizni ishdan chalgʻituvchi maʼlumotlar koʻp ekanligini unutmang.

6️⃣. Oʻzingiz uchun mukofot oʻylab toping

Maʼlum bir vazifani yakunlashingiz evaziga oʻzingizni shirinlik yoki yangi libos bilan siylang. Miya bajarayotgan ishi uchun mukofot olishini avvaldan sezib, uni tezroq yakunlash uchun imkon qadar harakat qiladi.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →