TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6054 4.68K
#smartfon #android #internet

🌎 Google-xaritalaridan internetsiz foydalanish

Sayohatchilar uchun layfxak: ma’lum bo‘lishicha, Google Maps'dan oflayn rejimda foydalanish mumkin ekan.

Buni amalga oshirish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. Google'ning “Карты” ilovasida menyuga murojaat etamiz. Buning uchun ekranning yuqori o‘ng burchagida joylashgan Google-akkauntimiz rasmi (rasm bo‘lmagan taqdirda profildagi nomimizning dastlabki harflari) keltirilgan yumaloq panel ustiga bosamiz.

2️⃣. “Оффлайн-карты” va “Выбрать карту” bandlari bo‘ylab o‘tamiz.

3️⃣. Oflayn foydalanish uchun kerakli bo‘lgan sohani xaritada tanlaymiz (uni kattalashtirish va kichraytirish mumkin) va “Скачать” tugmasiga bosamiz.

4️⃣. Yuklab olish jarayoni tugashini kutamiz.

5️⃣. Agar xaritaning kerakli sohasi oflayn xaritalar uchun juda kattalik qilsa — masshtabni kichraytiramiz. Kerakli sohaning boshqa qismlari uchun ham xuddi shu qadamlarni takrorlaymiz.

📌 P.S.: Oflayn-xaritalar uchun marshrutlar faqatgina avtomobillar uchun tuziladi. Shuningdek xaritaning sun’iy yo‘ldoshdan tasvirga tushirilgan ko‘rinishi ham ishlamaydi.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →