TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #603 12.3K
Word dasturida matnlar bilan ishlash davomida eng ko‘p duch kelinadigan holatlardan biri – bu qatorlar o‘rtasidagi intervallarni berish holatidir. Qatorlar orasidagi intervallarni qiymatini tezkor ravishda klaviatura kombinatsiyalari yordamida ham o‘zgartirish mumkin. Buning uchun kerakli matn tanlang (butun matnni belgilamoqchi bo‘lsangiz CTRL va A tugmalarini birgalikda bosing).
Agarda qatorlar orasidagi interval 1 (bir) qiymat bo‘lishini xoxlasangiz, CTRL va 1 klaviatura tugmalarini bosing, ya’ni CTRL+1;
Agarda qatorlar orasidagi interval 1.5 (bir yarim) qiymat bo‘lishini xoxlasangiz, CTRL va 5 klaviatura tugmalarini bosing, ya’ni CTRL+5.
Agarda qatorlar orasidagi interval 2 (ikki) qiymat bo‘lishini xoxlasangiz, CTRL va 2 klaviatura tugmalarini bosing, ya’ni CTRL+2.
P.S.: Shuni yodda saqlash lozimki, raqamlar aks etgan klaviaturalar faqatgina tepa qator uchun o‘rinli, ya’ni bu kombinatsiyalarda klaviaturaning o‘ng qismidagi raqam klaviaturalaridan foydalana olmaysiz!!!

Kanalimizga a’zo bo‘ling va do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif eting: @itspecuz
  • 🤯 6
  • 👍 3
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →