TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6022 8.77K
#learn_english_with_software

Drops mobil ilovasi 📲

Lug‘aviy so‘z va jumlalarni zerikarli yodlashdan ko‘ra, buni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi, adrenalin bilan to‘ldirilgan o‘yinni tasavvur etib ko‘ring. Drops - bu til o‘rganishda barcha zerikarli jarayonlarni bartaraf etuvchi mobil ilova. Foydali so‘z va jumlalar ajoyib minimalistik rasmlar va tezkor mini-o‘yinlar yordamida o‘zlashtiriladi.

Eng qizig‘i: bu kuniga atigi besh daqiqa vaqt oladi xolos. Rostini aytganda, bu siz uchun aynan kerakli bo‘lgan vaqtdir. Sizga g‘alati tuyulib, “Bu ish beradimi?”, deyishingiz mumkin. Ha, so‘zsiz!

📋 Mavjud tillarning to‘liq ro‘yxati:
🇰🇷 Koreys tili
🇯🇵 Yapon tili
🇨🇳🇭🇰 Xitoy tili (shimoliy xitoy tili va kantoncha dialekt)
🇪🇸🇲🇽 Ispan tili (kastilcha va lotin-amerikancha ispan tili)
🇺🇸🇬🇧 Ingliz tili (amerikancha va britancha ingliz tili)
🇫🇷 Fransuz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇳🇱 Golland tili
🇮🇹 Italyan tili
🇷🇺 Rus tili
🇵🇹🇧🇷 Portugal tili (yevropacha va brazilcha portugal tili)
🇮🇱 Ivrit tili
🇸🇦 Arab tili
🇹🇷 Turk tili
🇵🇭 Tagal tili
🇻🇳 Vyetnam tili
🇮🇩 Indoneziya tili
🇩🇰 Daniya tili
🇸🇪 Shved tili
🇳🇴 Norvegiya tili
🇮🇸 Island tili
🇭🇺 Venger tili
🇮🇳 Hind tili
➕ Esparanto tili.

🏆 Ha, aytgancha, ushbu ilova 2018-yilning eng zo‘r ilovasi deb topilgan. Ilova sizga manzur kelsa, uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang. Birgalikda o‘zlashtirish esa yanada qiziqroq! 😉

📎 Drops Premium v39.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📍P.S. Siz uchun taqdim etayotgan versiyamiz aslida Premium versiyasi bo‘lib, unda 5 daqiqalik cheklanma olib tashlangan, ilovadan xohlagan vaqtingizda va istaganingizcha foydalanishingiz mumkin, til o‘rganishda omad sizga yor bo‘lsin!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 5
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →