TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5919 4.45K
#security #bilasizmi

Tarixdagi eng yirik xakerlik hujumi nima uchun amalga oshirilganini bilasizmi? 🕵🏻‍♂️

Geri Makkinnon ismli Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi xaker oʻz vaqtida NASA hamda Amerika hukumatining serverlarini buzib kirishga erishgan.

Makkinnonning maxfiy maʼlumotlar saqlanadigan yuzdan ortiq kompyuterlarning himoya tizimlarini buzishiga nima sabab boʻlganini bilasizmi? U AQSh hukumati va NASA olimlari oʻzga sayyoraliklar haqidagi maʼlumotlarni oddiy odamlardan berkitayotganlariga ishonar edi. Aynan mana shu sababli ushbu maʼlumotlarni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan.

AQSh hukumati Makinnonni dunyodagi eng xavfli xaker deb taʼriflagan. U Pentagonning axborot tizimini ishdan chiqarib, AQSh hukumatiga 1 million dollarlik moliyaviy zarar yetkazgan. Ushbu hodisa “butun insoniyat tarixidagi harbiy kompyuterlarga uyushtirilgan eng yirik hujum” deb tan olingan.

Shotlandiyada dunyoga kelgan Makkinnon Asperger sindromidan aziyat chekkan. U Londonda tahsil olgan va keyinchalik tizim boshqaruvchisi boʻlib ishlagan. 1997-yilda AQShning harbiy kompyuterlari, 2001-2002-yillarda esa NASA kompyuterlariga hujum qilgan.

Xaker oʻzga sayyoraliklar haqidagi maʼlumotlarni izlab, faqatgina bitta kompyuterga zarar yetkazgani, AQShning boshqa ayblovlari yolgʻon ekanligini taʼkidlagan.

Xakerning ruhiy kasalligi maʼlum boʻlganidan soʻng Buyuk Britaniyaning oʻsha vaqtlardagi bosh vaziri Tereza Mey uni AQSh qoʻliga topshirishdan bosh tortgan.

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →