TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5888 12.4K
#operatsion_tizim

🔑 Windows 8.1, 10, 11'ni tezkor aktivatsiya qilish

Windows 8.1, 10 yoki 11'ni aktivatsiya qilish uchun KMS-aktivatorlar yoki tarkibida virusli fayllar bilan kelish ehtimolligi yuqori bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlarni yuklab olish shart emas.

Microsoft tomonidan taqdim etiluvchi ko‘p marotaba o‘rnatiluvchi kalitlardan foydalanib aktivatsiyani Командная строка'da bir daqiqa mobaynida amalga oshirish mumkin. Saytga o‘ting va o‘zingizdagi Windows versiyasi (WIN + R → winver → ENTER) uchun kalitni nusxalab oling.

Командная строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring va quyidagi buyruqlarni ketma-ket bajaring:
• slmgr /ipk SAYTDAN_OLINGAN_KALIT
• slmgr /skms kms.digiboy.ir
• slmgr /ato

❗️Buyruq satrini administrator nomidan ishga tushirish uchun Пуск (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка” (“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора” (“Run as administrator”) menyu bandini tanlang.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Mini KMS Activator Ultimate dasturi
• Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?
• Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
• Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
• Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →