TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5810 5K
#operatsion_tizim

Windows 10'da vazifalar panelidan ob-havo va yangiliklar tugmasini olib tashlash 🌦❌

Windows 10'ning so‘nggi yangilanishlarida vazifalar paneliga ob-havoni vizual ko‘rsatib turuvchi tugma qo‘shilgan. Uning ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilganida yoki bosilganida, joriy yangiliklarni taqdim etuvchi oynacha ochiladi.

Agar siz uchun bu ma’lumot keraksiz bo‘lsa, uni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun vazifalar panelining bo‘sh sohasiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochilgan menyudan Новости и интересы - Отключить bandini tanlash lozim.

Har ehtimolga qarshi ushbu funksiyani Редактор реестра (WIN + R → regedit → ENTER) orqali o‘chirib qo‘yish usulini ham keltiramiz. Uni ishga tushiring va quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:

Компьютер\HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Feeds.

ShellFeedsTaskbarViewMode parametri qiymatini 2 ga o‘zgartiring va kompyuterni qayta yuklang.

📥 Agar Редактор реестра'ga murojaat etmasdan turib, maxsus fayl (reyestr tviki) ustiga ikki marta bosish orqali ushbu funksiyani faolsizlantirishni istasangiz, unda uni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 🎉 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →