TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5801 5.11K
#operatsion_tizim

Printer va u haqdagi har qanday bildirishnomani o‘chirish 🖨❌

Printer tizimdan uzilganidan so‘ng, unga tegishli drayverlar va dasturiy ta’minotning tizimda qolib ketishi holatlari ko‘p uchraydi. Ushbu postimizda printerni qanday qilib tizimdan butunlay o‘chirib tashlashni ko‘rib o‘tamiz.

1️⃣. Windows 10'da WIN + I klavishlari birikmasi yordamida Параметры oynasini ekranga chaqiramiz va undagi Устройства - Принтеры и сканеры bo‘limiga o‘tamiz.

Kerakli printerni tanlaymiz va Удалить устройство tugmasi ustiga bosamiz.

2️⃣. Printerni Панель управления (WIN + R → control → ENTER) orqali o‘chirish mumkin. Категории ko‘rish rejimi faol turgan holatida Оборудование и звук - Просмотр устройств и принтеров bo‘limiga o‘tamiz.

Printerning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz va Удалить устройство'ni tanlaymiz.

3️⃣. Drayverni o‘chirish uchun WIN + R birikmasini bosamiz va ochilgan Выполнить oynasiga printui /s /t2 buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosamiz. Драйверы varaqa (вкладка)sida printerning drayverini belgilaymiz va Удалить tugmasiga bosamiz.

Keyingi oynada Удалить драйвер и пакет драйвера'ni tanlaymiz va OK'ga bosamiz.

4️⃣. Agar printer bilan ishlash uchun maxsus dastur o‘rnatilgan bo‘lsa, unda uni ham Программы и компоненты (WIN + R → appwiz.cpl → ENTER)ga murojaat etish orqali o‘chirish mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →