TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5756 4.77K
#operatsion_tizim

Windows 10'da berkitilgan administrator qayd yozuvini faollashtirish 👤

Windows 10'ni o‘rnatayotgan vaqtingizda tizim sizdan foydalanuvchining qayd yozuvini, aniqroq qilib aytganda esa, lokal administratorni yaratish va sozlashni talab etadi. Biroq siz yaratgan qayd yozuvi tizimda yagona emas. Tizimning o‘rnatilish jarayonida, sirli rejimda yuqoriroq vakolatlarga ega yana bir administrator qayd yozuvi avtomatik ravishda yaratiladi.

Administratorning berkitilgan qayd yozuvi drayverlar, imzolanmagan dasturlarni o‘rnatish, shuningdek foydalanuvchidan yuqori huquqlarni talab etuvchi sozlamalarni amalga oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, unga faqatgina zaruriy holatlarda murojaat etish, barcha harakatlar amalga oshirilganidan so‘ng esa albatta o‘chirib qo‘yish, ya’ni faolsizlantirish tavsiya etiladi.

Uni faol holatga keltirish uchun WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga lusrmgr.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Локальные пользователи и группы vositasini ekranga chaqiring. Пользователи bo‘limini yoying, oynaning o‘ng tomonida Администратор qayd yozuvini toping va ustiga ikki marta bosing, ochilgan oynada Отключить учётную запись bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang va kiritilgan o‘zgartirishni saqlang,

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →