TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5753 4.5K
#rasm_bilan_ishlash

🖼 PDF-fayllaridan rasmlarni ajratib olishni o‘rganamiz

Agar siz PDF-fayllariga joylashtirilgan rasmlardan boshqa biror joyda foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u holda ularni ajratib olishingiz va papkaga saqlashingiz mumkin. Buni Adobe Photoshop dasturi yordamida qanday amalga oshirish xususida to‘xtalib o‘tamiz:

1. Photoshop'da "Файл -> Открыть" bandlari bo‘ylab o‘ting.
2. Rasmlari ajratib olinishi lozim bo‘lgan PDF-fayliga murojaat eting.
3. Photoshop'ning "Импорт PDF" oynasi ochiladi.
4. Ushbu oynaning yuqorisida "Изображения" rejimini tanlang.
5. Photoshop PDF-fayli tarkibidagi barcha rasmlarni ko‘rsatadi.
6. Ajratib olinishi lozim bo‘lgan rasm ustiga bosing.
7. Bir nechta rasmlarni tanlash uchun SHIFT klavishidan foydalaning.
8. Photoshop har bir rasmni yangi varaqa (вкладка)da ochadi.
9. Ushbu rasmlarning barchasini kompyuteringizdagi papkaga saqlash uchun "Файл -> Закрыть все" bandlari bo‘ylab o‘ting.
10. Photoshop rasmlardagi o‘zgarishlarni saqlashni istaysizmi, deb sizdan so‘raydi.
11. Ushbu oynada "Применить ко всем" opsiyasini faollashtirib, "Сохранить" tugmasi ustiga bosing.

Tayyor. Keyingiz qadamda har bir rasm uchun nom va formatni ko‘rsatish uchun standart oyna paydo bo‘ladi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →