TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5728 4.6K
#smartfon #android

🎧 Android'dagi quloqchinlarning tovush sifatini yaxshilaymiz

Bunda bizga Wavelet ilovasi yordamga keladi. U quloqchinlardagi audioning eshittirilishini mustaqil ravishda sozlaydi. Barchasi 2300 modeldagi — simli va simsiz quloqchinlar uchun mo‘ljallangan shablonlarda ishlaydi.

Taqiqlangan sehrni qo‘llash tartibi:

1️⃣. Ilovani yuklab olamiz va o‘rnatamiz.
2️⃣. Quloqchinlarni ulaymiz va ilovani ishga tushiramiz.
3️⃣. Yuqori o‘ng burchakdagi vertikal uch nuqta ustiga bosamiz va “Legacy-режим” bandini tanlaymiz.
4️⃣. “Эквализация” bo‘limida “Автоматическая эквализация” bandini faollashtiramiz va modelni ko‘rsatish maqsadida undagi gorizontal uch nuqta ustiga bosamiz.
5️⃣. O‘z modelimizni kiritamiz (agar u bo‘lmasa, mavjudlarini tanlab ko‘rishingiz yoki “Графический эквалайзер” bandi orqali mustaqil ravishda tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin), so‘ngra qo‘shiqni ishga tushirib, o‘chirilgan bo‘lsa “Автоматическая эквализация” bandini faollashtiramiz.

Tayyor! Tovush qanday o‘zgarganini his etasiz. Ilovaning “Эффекты” bo‘limida qo‘shimcha sozlamalarni sinab ko‘rishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →