TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5725 6.84K
#word

Hujjatdagi matnni qanday berkitish mumkin? 🤔

Kimdakim Lex.uz saytidan biror normativ-huquqiy hujjatni yuklab olib, hujjatni Word dasturida ishga tushirib, dasturdagi “¶” belgisi yordamida chop etilmaydigan belgilarni faollashtirgan bo‘lsa, odatda yashil rangda keltiriluvchi izohlarga ko‘zi tushgan bo‘lsa kerak, bu matnlar axborot beruvchi xarakterga ega bo‘lib, hujjat chop etilgan paytda ko‘rinmaydi.

Ushbu postimizda, yuqorida keltirilgan misoldagi ko‘rinmas matnni qanday qo‘llash borasida to‘xtalib o‘tamiz.

Odatda, matnning ma’lum qismini berkitish uchun foydalanuvchilar kichikroq shrift va oq rangli harflardan foydalanadi, biroq berkitishga bo‘lgan ushbu urinishni oson payqash mumkin.

Matnni begona ko‘zlardan to‘liq berkitish uchun, uni dastlab belgilab olib, CTRL + D klavishlari birikmasini bosing — bu dasturning Шрифт muloqot oynasini ekranga chaqiradi, undagi Скрытый bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.

Matn berkitiladi, bo‘shagan sohadan esa keyinchalik foydalansa bo‘ladi. Matndagi berkitilgan matnlarni tezkor ravishda ko‘rinadigan qilish uchun, CTRL + A yordamida butun hujjatni belgilang, so‘ngra CTRL + D'ni bosing va ochilgan muloqot oynasida Скрытый bandi qarshisidagi qushcha belgisini olib tashlang va OK tugmasini bosing.

ℹ️ Microsoft Word ruknidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →