TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5708 4.49K
#operatsion_tizim

Windows'da fayllar va papkalarning ochilish tarixini kuzatamiz 🗂🕰

Windows'da oldinroq qaysi papka va fayllar ochilganligini ko‘rish uchun xizmat qiluvchi buyruq mavjud. Brauzerdagi ochilgan sahifalar tarixini eslatib yuboradi.

Ushbu bo‘limni ochish uchun WIN + R birikmasini bosish orqali “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga recent buyrug‘ini kititib ENTER'ni bosing. Fayllar va boshqa papkalarni o‘z ichiga oluvchi papka ochiladi.

Fayllar va papkalarni ushbu oynaning o‘zidan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushirish mumkin. Ushbu bo‘limga shuningdek ushbu buyruqni kiritish orqali o‘tish mumkin: shell:recent

Ushbu funksiya shaxsiy kompyuterida yuzlab fayllar “aylanadigan” foydalanuvchilar uchun kerak bo‘lishi mumkin. Agarda siz kerakli fayl yoki papkaning joylashuvini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni o‘z harakatlaringiz tarixidan topishingiz mumkin.

📌 P.S.: Biror fayl yoki papkani tarmoqdan yuklab oldingizmi, uni darhol oldindan maxsus yaratilgan papkaga ko‘chirib o‘tkazing, shunda barcha ma’lumotlaringiz batartib turadi.

ℹ️
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →