TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5683 4.6K
#ict_news #operatsion_tizim

“Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi 🆕

"Microsoft" kompaniyasi iyun oyi oxirida taqdimot o‘tkazib, "Yangi avlod Windows"ini tanishtiradi. Kompaniya rahbari Satya Nadella bo‘lg‘usi apdeytni "Windows uchun so‘nggi o‘n yillikdagi eng ahamiyatli yangilanish", deya izohlagan.

Matbuot-anjumani payshanba, 24-iyunga belgilangan. Unda Nadella bilan birgalikda "Microsoft"ning mahsulotlar bo‘yicha direktori Panos Panay qatnashadi.

Ushbu tadbirdan onlayn-translyasiyani kompaniya rasmiy sayti orqali Toshkent vaqti bilan soat 20:00'dan boshlab tomosha qilish mumkin.

"Microsoft" o‘z operatsion tizimini jadallik bilan zamonaviylashtiryapti. Oxirgi oylarda "Проводник" ishlashi barqarorlashtirilib, Windows 95 davridan qolgan ikonkalardan voz kechildi, Bluetooth-audioni qo‘llash yaxshilanib, ilgari Xbox o‘yin konsollari eksklyuzivi sanalgan Auto HDR texnologiyasi tatbiq etildi.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →