TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5662 4.98K
#operatsion_tizim #security

Foydalanuvchilarga “Проводник” parametrlarini o‘zgartirishni taqiqlash ⚙️🚫

Windows operatsion tizimida Проводник fayl menejeri bilan ishlash va uning tashqi ko‘rinishini sozlash uchun Параметры Проводника muloqot oynasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Uni ochish uchun klaviaturada WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasidagi matn kiritish maydoniga control /name Microsoft.FolderOptions buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosing.

Agar kompyuterdan nafaqat o‘zingiz, balki boshqalar ham foydalansa, u holda qolgan foydalanuvchilar uchun ushbu sozlamalarni o‘zgartirishni taqiqlab qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

1️⃣. Выполнить oynasini ekranga chaqirish uchun yana WIN + R klavishlari birikmasini bosamiz va Редактор реестра'ni ishga tushirish uchun matn kiritish maydoniga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosamiz.

2️⃣. Ochilgan navbatdagi oynada quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘tamiz:

Компьютер\HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\Explorer.

3️⃣. Oynaning katta o‘ng panelida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali Создать → Параметр DWORD (32 бита) menyu bandlarini tanlang va NoFolderOptions nomli parametrni 1 qiymatini bergan holda yarating.

Проводник parametrlarini o‘zgartirishga ruxsat berish va taqiqlash uchun reyestr tviklari ham ushbu postga biriktiriladi.

📥 Reyestr tviklarini yuklab olish

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →