TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5660 8.54K
#learn_english_with_software #maslahat

🇬🇧 Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak

Bolalarning qisqa muddat ichida ingliz tilini o‘rganishlarida ularga qanday yordam berish mumkin? Quyidagi layfxaklar bu borada sizga asqatadi!

1️⃣. Inglizcha gapiring!

Farzandingiz bilan kuning ma’lum vaqtlarida faqat ingliz tilida suhbatlashing. Bolaning ingliz tilini mukammal darajada biladigan odamlar davrasiga bo‘lishini ta’minlang. Bu uning ana shu muhitga osonroq kirib borishida katta ahamiyat kasb etadi.

Olimlarning aytishlaricha, yangi tug‘ilgan chaqaloqda dunyodagi barcha tillarni o‘rganish moyilligi bo‘ladi. Uning kelgusida qanday tillarni o‘zlashtirishi bola hayotining birinchi yillarida uni kimlar qurshab turganiga qarab belgilanadi.

2️⃣. O‘ynaymiz

Bolalarning til o‘rganishlari osonroq bo‘lishi uchun shu tildagi o‘yinlar ham katta yordam beradi. Bu borada fantaziyangiz keng bo‘lsa yetarli!

3️⃣. Virtual olam

Bugungi kunda virtual olam texnologiyalari yordamida dunyoning turli burchaklariga sayr qilish, ingliz tilida so‘zlashuvchi gid yordamidan foydalanish mumkin. Virtual sayr har qanday yoshdagi o‘quvchilarga ma’qul keladi.

4️⃣. Motivatsiya

Ushbu usulni o‘smirlarga nisbatan qo‘llash mumkin. Eng avvalo, unga qanday musiqa, komikslar, seriallar, xonandalar yoqishini bilib olasiz. Ingliz tilidagi qo‘shiqlarning so‘zlari, sevimli xonandaning shu tildagi intervyulari ham o‘smirni til o‘rganishga rahbatlantiradi.

5️⃣. Ingliz tilida so‘zlashuvchi do‘stlar

Bola muloqot tilini osonroq o‘zlashtirishi uchun internet orqali unga ana shu tilda so‘zlashuvchi do‘st topishni taklif qiling. Boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tengdoshlari bilan ingliz tilida muloqot qilgan bola nafaqat tilni o‘rganadi, balki yangi do‘stlar ham orttiradi!

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • ❤ 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →